13:50 / 25.01.2017
18244

Video: Erondagi 1000 yillik shamol tegirmonlari hali ham ishlamoqda

Eron shimoli-sharqida 1000 yillik shamol tegirmonlari hali ham soz holda ishlamoqda. Ularda atigi bir keksa yoshli kishi ishlaydi.

National Geographic mamlakatning Nashtifon shahrida joylashgan ushbu tegirmonlar tasvirlangan rolikni taqdim etdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Muhammad E'tiboriy tegirmonlar ishini kuzatuvchi yagona inson bo‘lib, mintaqadagi qadimiy an'anaga sodiq qolgan so‘nggi kishi ekan. U o‘limidan so‘ng qurilmalarga hech kim qaramay qo‘yishidan qo‘rqmoqda.

Tegirmonlar tabiiy loy, xashak va o‘tindan qurilgan. Ularning har biri 8ta aylanuvchi kameradan iborat bo‘lib, har birida 6ta tik tig‘ bor. Kameralar shamol kuchi yordamida harakatlana boshlaganidan so‘ng, bu shamol tegirmoni bosh o‘qining aylanishiga olib keladi. Bunday aylanish sabab yuzaga keluvchi tebranish donlarni maydalash qurilmalariga surib, un tayyorlanadi.

Mavzuga oid
Top