Eron prezidenti Ibrohim Raisiy öz mamlakatiga har qanday tajovuz sodir bölsa, Isroilni butunlay yöq qiliş bilan tahdid etdi. Bu haqda IRNA xabar berdi. 

«Agar sionistik rejim yana bir bor muqaddas Eron zaminiga hujum qilişdek xatoga yöl qöysa, vaziyat boşqaça böladi va bu rejimdan heç narsa qoladimi-yöqmi noma’lum», dedi Raisiy. 

Eron rasmiylari Isroil davlatini «sionistik rejim» deb ataydi. 

Prezidentning ta’kidlaşiça, Eron aprel oyi boşida Suriyadagi Eron konsulligi binosiga berilgan zarba uçun Isroilni raketa zarbasi bilan «jazolagan». 

14 aprelga ötar keçasi Eron Isroil tomon 300 ga yaqin raketa va dronlarni uçirdi. Bu zarba Eronning Damaşqdagi konsulligiga qilingan hujumga javob ekani aytildi, buning oqibatida eronlik 5 nafar xodim halok bölgan edi. 

Isroil mudofaa kuçlari Eron raketalarining 99 foizi urib tuşirilganini ma’lum qildi.