"Chegara bilmas shifokorlar" xalqaro tashkiloti O‘rta yer dengizida 716 muhojir qutqarib qolinganini ma'lum qildi.
"Biz 5-qutqaruv operatsiyasini yakunladik va 716 kishini qutqarib qoldik", deb aytilgan tashkilotning tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Ta'kidlanishicha, bir odamni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.
Xalqaro migratsiya tashkilotining 9 iyunda ma'lum qilishicha, joriy yilda O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga 72 ming muhojir va qochqin kelgan, 1,7 mingi yo‘lda halok bo‘lgan. O‘tgan yilning shu davrida (1 yanvar – 7 iyun) Yevropaga 200 mingga yaqin muhojir kelgan va 3 ming nafar odam yo‘lda halok bo‘lgan.