Moliyaviy yordam arizaçi va uning oila a'zolari (agar bölsa) vatanga qaytib ketişini ta'minlaş uçun körsatiladi. Mablağ fuqaroning birlamçi zarur ehtiyoji uçun mahsulot sotuvçi yoki xizmat körsatuvçiga tölanadi, ya'ni fuqaroning qöliga berilmaydi.

Yordam oliş uçun fuqaro konsullikka ariza bilan murojaat qilişi lozim. Ariza qanoatlantirilsa, qarzni 30 kun içida qaytariş kerak. Mazkur tartib 12 aprel kuni tasdiqlangan nizomda belgilab qöyildi.

Hududlar böyiça ajratiladigan qarz me'yorlari quyidagiça:

Qarz oliş 6 kungaça vaqt talab etişi mumkin. Jarayon tartibi quyidagiça:

  • Fuqaro konsulxonaga ariza bilan murojaat qiladi, arizasiga boşqa zarur hujjatlarni ilova qiladi. Konsulxona 2 iş kunida arizadagi keltirilgan asoslar töğriligini tekşiradi, arizaçining moliyaviy ahvoliga baho beradi.

Ariza namunasi:

  • Konsulxona moliyaviy yordam körsatiş maqsadga muvofiqligi töğrisida xulosa tayyorlab, Taşqi işlar vazirligiga yuboradi.
  • Vazirlik 1 iş kunida qarz beriş yoki rad etiş töğrisida konsulxonaga xat yuboradi.
  • Konsulxona xatni olganidan söng 1 iş kunida fuqaro bilan qarz şartnomasini tuzadi. Oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-keçak va transport xarajatlari uçun tölov ötkazadi.

Qarz şartnomasi namunasi:

Ariza rad qilinganda, konsullik mansabdor şaxsi ariza beruvçiga rad etiş sabablarini körsatgan holda xabarnoma yuboradi.

Qarz olgan fuqaro 30 kunda respublika budjetiga qarzni qaytaradi. Aks holda, undiruv bilan Majburiy ijro byurosining fuqaro yaşaydigan yoki uning mol-mulki joylaşgan hududdagi bölimi şuğullanadi.