Mutaxassislar jahon iqtisodiyotini 2 baravarga o‘stirish usulini aytishdi
Dunyoda mehnatga layoqatli yoshdagi odamlarning yarmiga yaqini boshqa davlatlarga ish topish uchun ko‘chib o‘tishni istaydi va mehnat migratsiyasi oldidagi to‘siqlar olib tashlanishi jahon yalpi ichki mahsulotini 2 baravar, ya'ni 95 trln dollarga oshirishi mumkin. Bu haqda BCG kompaniyasining tahlilchilari hisobotida aytilgan.
«Mehnat migratsiyasi oldidagi to‘siqlar olib tashlanishi o‘zgarishlar ko‘lamiga bog‘liq holda, har yil 15 trln dollardan 95 trln dollargacha ijobiy iqtisodiy samara tashkil qilishi mumkin. Mohiyatan bu jahon yalpi ichki mahsulotini 2 baravar ko‘paytiradi», deb aytgan ekspert Konstantin Polunin.
Jahon banki va BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda jahon YaIM 87,735 trln dollarga baholangan. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 4,3 foizga qisqargan.
BCG ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda 25ga yaqin davlatda malakali ishchilar talab etilgandan ko‘proqni tashkil qiladi, 60dan ko‘proq davlat esa bunday ishchilar yetishmasligidan aziyat chekadi. Oxirgi 10 yil ichida boshqa davlatlarga ketgan malakali muhojirlarning yarmidan ko‘pi 5tagina davlat – AQSh, Britaniya, Germaniya, Kanada va Avstraliya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
BCG'ning izohlashicha, muhojirlar yo‘lidagi to‘siqlarga sabab – mahalliy aholi uchun ish o‘rinlari qisqarishi mumkinligi xavotiri va malakali xodimlar xorijga ketib qolishi bilan bog‘liq. Biroq tajribaning ko‘rsatishicha, migratsiya oqimlari «iste'dodlarni ham import qiluvchi, ham eksport qiluvchi davlatlar» iqtisodiyotini rivojlantirishi mumkin.
Hisobotda ta'kidlanishicha, muhojirlar ularni qabul qiluvchi davlatlarda ishchi yetishmasligi muammosiga barham beradi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlariga talabni oshiradi hamda shu bilan iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, bunday muhojirlarning ko‘pi keyinchalik vatanlariga qaytib, o‘z ishlarini ochadi va bu bilan boshqalarga o‘rnak ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
21:12 / 20.11.2024
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun patent narxi 30 foizga oshadi
20:53 / 19.10.2024
Xorijdagi o‘zbekistonliklar 1500-2000 dollardan kam maosh olsa, ular uchun shu yerda sharoit yaratishimiz kerak - prezident
18:50 / 18.10.2024
Kamchatkada migrantlarni ishga olish taqiqlangan yo‘nalishlar ko‘paytirildi
19:02 / 16.10.2024