2017 yil 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda oliy va yuqori darajalardagi O‘zbekiston-Qozog‘iston uchrashuvlari chog‘ida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.