Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozoğistonga işlaş maqsadida borayotgan va mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolarini ogohlikka çaqirdi.
Sönggi vaqtlarda işlaş maqsadida Qozoğistonga borgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan Özbekiston fuqarolariga özini elçixona yoki konsulxona vakili sifatida taniştirib, hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun ulardan pul va pasportlarini oliş holatlari kuzatilmoqda.
Migratsiya agentligi fuqarolardan bunday firibgarlarga işonmaslik va şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarni begonalarga bermaslikni söradi hamda işlaş yoki vaqtinça yaşaş ruxsatnomalarni oliş uçun fuqaroning şaxsan özi Aholiga xizmat körsatiş markazlariga (SON) murojaat etiş zarurligini eslatib ötdi.
Şuningdek, özini «diplomatik vakolatxona xodimiman» deb taniştirgan şaxslarga duç kelgan taqdirda Özbekistonning Qozoğistondagi diplomatik vakolatxonalariga (Ostona şahrida: +8 (7172) 95-45-87, Olmaota şahrida: +8 (727) 390-26-16, Aqtau şahrida: +8 (729) 277-71-17) yoki quyidagi raqamlarga murojaat qilişni söralgan: Qozoğiston Boş prokuraturasi: 115; Qozoğiston politsiyasi: 102.













