Eronda neftni qayta ishlovchi zavodda yong‘in yuz berdi, natijada kamida 100 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda «Sinxua».
Ta'kidlanishicha, yong‘in Isfaxon shahrida ro‘y bergan. Olov oltingugurt saqlanadigan joyda chiqqan.
Jabrlanganlardan ko‘pchiligi gazdan zaharlandi, ba'zilari shifoxonaga olib ketildi.
Ayni damda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.