00:16 / 27.11.2017
10760

Karera boshlash uchun eng kerakli IT-yo‘nalishlar beshligi

Foto: EAST NEWS

Science Alert nashri o‘z fikriga ko‘ra, kelgusi yilda texnologik manzaraga eng ko‘p ta'sir o‘tkazadigan innovatsiyalarni tanladi. Ularning barchasi hali rivojlanishi boshida turibdi, shu sababli kerakli kurslarda o‘qib, zarur mutaxassisga aylanish uchun hali ham kech emas.

Virtual reallik

Virtual reallik 60-yillar boshida paydo bo‘lgan, lekin futuristik orzudan reallikka aylanish uchun yetarli salohiyatga yaqinda ega bo‘ldi. Facebook 2 mlrd. dollar evaziga Oculus’ni sotib olgach, kelajak shu texnologiya ortida ekanligi oydinlashdi. Shuning uchun bugun virtual reallik dasturlari uchun kod yozishni o‘rganishning ayni vaqti.

Mashinani o‘rgatish

Kompyuter harakatlarini o‘rgatish va prognozlash usullaridan bugun juda ko‘p — avtonom transportdan tortib, Siri kabi ovozli yordamchilar yaratishgacha bo‘lgan sohalarda keng foydalanilmoqda. Bunday yo‘nalishdagi mutaxassislarga talab katta ekanligi o‘z-o‘zidan tushunarli.

Etik hakerlik

Ko‘plab yirik kompaniyalar kiberhimoyani o‘z qo‘llariga olib, ularga yordam berib, dasturlardagi zaif joylarni topadiganlar uchun yirik mukofot va'da qilmoqda. Masalan, Facebook «himoyadagi tuynuklar»ni aniqlab, xabar qilishgani uchun «etik hakerlar» deb ataluvchi dasturchilarga 5 million dollar mukofot bergan.

Blokcheyn

Odatda kriptovalyutalar bilan bog‘liq tushuniladigan bu texnologiya yuqori darajadagi xavfsiz va shaffof, markazlashtirishdan xoli ilovalarni yaratish imkonini beradi. Innopolisda hattoki maktablarga yuqori sinf o‘quvchilariga ham blokcheyndan dars bera boshlashgan.

Buyumlar interneti

IoT — Internet og things barcha elektron qurilmalarni yagona tarmoqqa birlashtirib, ularni masofadan turib ilovalar orqali boshqarish imkoni berishni va'da qilmoqda. Ayniqsa «aqlli uy» yaratish g‘oyasi juda katta qiziqish bilan qabul qilingan. Bunda uyg‘otuvchi soat qahva qaynatgichga ertalabki qahvani soat nechada tayyorlashni, uyga yaqinlashayotgan mashina esa termostatga egasi kelguncha polni qizidirib qo‘yishni buyuradi. Bu sohada profesionallarga bo‘lgan talab kun sayin oshmoqda.

«Netologiya» operatsion direktori Aleksey Potexinning fikricha, kelgusida uzluksiz ta'lim olish prinsipi amalda bo‘ladi. Insonga yangi bilimlar va ko‘nikmalar olishga imkon beruvchi ekotizim zarur bo‘ladi. Uning asosida aralash ta'lim olish, katta ma'lumotlar bilan ishlash va jarayonga kirishganlik turadi.

Top