13:09 / 10.05.2018
3848

Yanvar-aprel oylarida 60,3 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

Dastlabki ma'lumotlar bo‘yicha, 2018 yilning yanvar-aprel oylarida respublika korxonalari tomonidan 60,3 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur'ati 11,6%ni tashkil etdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.

Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida ishlab chiqarish hajmining 7,8%ga (jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘sishiga qo‘shgan hissasi 5,9 punkt), tog‘- kon sanoati va ochiq konlarni ishlashning – 35,4%ga (o‘sishga qo‘shgan hissasi 5,1 punkt), elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalashning 3,1%ga (o‘sishga qo‘shgan hissasi 0,3 punkt) va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishning – 35,4%ga (o‘sishga qo‘shgan hissasi 0,3 punkt) o‘sishi hisoblanadi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2018 yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 10,4 trln so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 17,3%ni tashkil etdi. 

2018 yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 44,5 trln so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 73,8%ni tashkil etdi.

Mavzuga oid
Top