16:17 / 26.05.2018
5171

«ShHT - Afg‘oniston» aloqa guruhining navbatdagi majlisi qachon va qayerda o‘tkazilishi aytildi

Foto: antalion.com

«ShHT - Afg‘oniston» aloqa guruhining yangi majlisi Pekinda dushanba, 28 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar bergan.

«O‘zbekiston Respublikasi prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 28 may kuni Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan «ShHT - Afg‘oniston» Aloqa guruhining navbatdagi majlisida ishtirok etadi», - deyiladi TIV xabarida.

2017 yilning oktabr oyida Moskvada «ShHT - Afg‘oniston» aloqa guruhi tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida yangi shaklda o‘z ishini tikladi.

Top