07:38 / 16.06.2018
10623

Rossiya: Britaniya hamkorlikning nol darajasini ko‘rsatmoqda 

Foto: Getty Images

Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasidan ma'lum qilishlaricha, London Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi va tadbirkor Boris Berezovskiy safdoshi Nikolay Glushkovning o‘limi bo‘yicha ish yuzasidan o‘tkazilayotgan surishtiruv bo‘yicha hamon sukut saqlamoqda. Shuningdek, ular na Rossiya Bosh prokuraturasiga, na elchixonaga bu borada tegishli javob qaytargan. Bu haqda idora saytida xabar qilinadi.

«Buyuk Britaniya bu katta mojaroga sabab bo‘lgan ishlarni surishtiruvdan o‘tkazishda hamon hamkorlikning nol darajasini ko‘rsatmoqda. Bizning fikrimizcha, bu huquqni muhofaza qilish va huquqni qo‘llash faoliyatiga zarar yetkazadi, u haqiqatni aniqlash hamda adolatni tiklashga yo‘naltirilgan», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Rossiya Skripallar ishida nimaga erishmoqchi ekanini aytgandi

Top