23 aprel kuni Toşkentga kelgan Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning qabulida böldi.
“Özbekiston va Buyuk Britaniya siyosiy-diplomatik muloqotini kengaytiriş, şuningdek, xalqaro maydonda konstruktiv hamkorlikni davom ettiriş, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlarni mustahkamlaş, parlament aloqalarini faollaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Muloqot çoğida keyingi yillarda mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar yuqori darajaga kötarilgani alohida ta’kidlandi”, – deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilişiça, suhbat davomida yaşil iqtisodiyotni rivojlantiriş sohasida qöşma loyihalarni yölga qöyiş, iqlim özgarişi oqibatlariga qarşi kuraşda özaro hamkorlikni kuçaytiriş muhimligi ta’kidlangan.
Bundan taşqari, ta’lim va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş ustuvor yönaliş sifatida qayd etilgan. Oliy ta’limda zamonaviy sohalar böyiça malakali mutaxassislarni tayyorlaş, ingliz tilida öqitiladigan ta’lim dasturlarini kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqilgan.

“Devid Kemeron Özbekistonda inson huquqlarini ta’minlaş, xususan, munosib mehnat tamoyillarini joriy etiş, gender tenglikka erişiş, oilaviy zöravonlikka qarşi kuraşiş borasida ijobiy işlar amalga oşirilayotganini alohida qayd etdi.
Uçraşuv jarayonida keyingi yillarda parlamentlararo hamkorlik sezilarli darajada faollaşgani e’tirof etildi. Tomonlar bu borada özaro muloqotni yanada kengaytiriş böyiça fikr almaşdilar”, – deyiladi rasmiy relizda.

Britaniya diplomatiyasi rahbari avvalroq bundan oldin Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uçraşgan, unda ikki davlat hamkorligini kengaştiriş böyiça ikkita hujjat imzolangan edi.

















