22:02 / 02.07.2018
12087

Qirolicha Yelizaveta II jarrohlik amaliyotidan bosh tortdi

Foto: Buyuk Britaniya qirollik uyi matbuot xizmati

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tizzasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jarrohlik amaliyotidan bosh tortdi. U bunday qarorga qabullar jadvalini buzmaslik uchun kelgan. 

The Sun nashrining yozishicha, 92 yoshli qirolicha oxirgi vaqt stuldan qiyinchilik bilan turmoqda va shifokorlar unga jarrohlik amaliyotini buyurishgan. Biroq u belgilangan tadbirlarni bekor qilishni va o‘zining betobligi atrofida “shov-shuv ko‘tarilishini” istamagan. 

May oyida qirolichaning ko‘zidan katarakta olib tashlangan, shu sababli u qabullarga qora ko‘zoynakda tashrif buyurgan.

Avvalroq 28 iyunda Britaniya hukumati qirolichaning o‘limiga tayyor turish ko‘zda tutilgan maxfiy repetitsiya o‘tkazgani ma'lum qilingandi. 

Top