11:55 / 18.09.2018
7099

Golovkindan chempionlik kamarini tortib olgan Alvaresning ringga qachon qaytishi ma'lum bo‘ldi

Foto: AFP

Meksikalik bokschi Saul Alvares keyingi jangini 2018 yilning dekabr oyida o‘tkazish niyatida.

Alvares o‘zining oxirgi jangida qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkinni hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgandi.

«Hozirgi paytda meni o‘ylantirayotgan yagona narsa - qo‘lga kiritilgan g‘alaba. Bu men aytishim mumkin bo‘lgan narsalardan biri. Kelajagimga keladigan bo‘lsak, biz uni jamoa bilan birga muhokama qilamiz, biroq hozirgi vaqtda dekabr oyida qaytishim rejalashtirilmoqda», - deya meksikalikning so‘zlarini keltiradi Boxingnews24.

Ta'kidlanishicha, chempionning raqibiga kim aylanishi hozircha noma'lum bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid
Top