Oğir vazn toifasida Olimpiya öyinlari çempioni, özbekistonlik Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) va xorvatiyalik Agronom Smakiçi (20-2, 18 KO) örtasidagi jang ötkazilmaydi. Bu haqda Vesti.kz xabar berdi.
Jalolov va Smakiçi örtasidagi jang 14 aprel kuni Toşkentdagi «Humo Arena»da IBA Champions Night turkumidagi boks oqşomi doirasida bölib ötişi kerak edi. Biroq Bahodir betobligini aytib, unda iştirok etişdan boş tortdi.
«Afsuski, Bokudagi xalqaro turnirda iştirok etayotib, şamollab qoldim va kasallikdan aziyat çekdim. Hozir davolanmoqdaman. Şu bois, ahvolimni oğirlaştirmaslik uçun jamoamiz jangni ötkazişdan boş tortişga qaror qildi. Umid qilamanki, töğri tuşunasiz», deb boksçi sözlarini keltirdi Vesti.kz.
Şu bilan birga, Smakiçi karddagi örnini saqlab qoldi - endi u professional faoliyatini boşlagan özbekistonlik yana bir boksçi Jahongir Zokirov (1:0, 1 KO) bilan bahslaşadi.
Eslatib ötamiz, Toşkentdagi boks oqşomida WBA yönalişi böyiça minimal vazn toifasidagi birinçi raqamli boksçi Hasanboy Dösmatov (6-0, 5 KO) ispaniyalik Samuel Karmonaga (11-1, 4 KO) qarşi ringga kötariladi.













