Boks keçasi doirasida yarim yengil vazn toifasida özbekistonlik çarm qölqop ustasi Otabek Xolmatov (11-0, 10 KO) WBA çempionlik kamari uçun Raymond Fordga (14-0-1, 7 KO) qarşi ringga çiqdi. 12 raundga möljallangan jang 12-raund tugaşiga 7 soniya qolganida yakuniga yetdi.

Dastlabki raundlarda Xolmatov ustunlikni qöliga olib, yaxşi harakat qilgan bölsa-da, jangning ikkinçi qismida amerikalik boksçi oçiq jangni taklif qilgaç, hamyurtimiz himoyalanişga qiynalib, zarbalarni ötkazib yubordi. 12-raundda muvozanatni yöqotgaç, hakam texnik nokautni qayd etdi. 

Şu tariqa, Otabek faoliyatidagi birinçi mağlubiyatni tan oldi. Raymond Ford esa yarim yengil vazn toifasining WBA kamarini qölga kiritdi.