12:59 / 06.04.2019
62068

Sellar temiryo‘lga ham zarar yetkazdi: Dehqonobodda poyezd izdan chiqib ketdi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z telegram kanalida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hududida yer cho‘kishi oqibatida yuzaga kelgan vaziyat haqida xabar berdi.

Ushbu suratlar Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog‘ida 6 aprel kuni ertalab olingan.

«Kuchli jala yog‘ishi oqibatida yer sathi cho‘kkan va temir yo‘llarga ham ziyon yetgan.

Mutaxassislar muammoni bartaraf etish bo‘yicha qizg‘in ishlarni amalga oshirmoqda», deyilgan xabarda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» rasmiy saytida bu haqda ma'lumot berilmagan, dam olish kunlari bo‘lgani bois ishonch telefonlari ishlamasligi e'lon qilingan. 

Mavzuga oid
Top