21:35 / 10.04.2019
14606

Samsung yangi Galaxy slayder smartfonini namoyish etdi

Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy A80 rusumli smartfonini namoyish etdi. Smartfon taqdimoti kompaniya rasmiy sayti orqali translatsiya qilindi.

Qurilma 6,7 dyuymli romsiz FHD+ Super AMOLED displey va uchtalik kameraga ega bo‘lib, akkumulyatori hajmi 3700 mAsni tashkil etadi.

Foto: Samsung

Smartfon uchta: tillarang, kumushrang va qora ranglarda ishlab chiqarilgan.

Yangi smartfon 27 maydan 780 dollar narx bilan sotuvga chiqadi.

Mavzuga oid
Top