08:20 / 12.04.2019
20165
Reklama

IELTS kompyuter testlari: tezkor, oson va qulay!

Jahondagi eng mashhur testlarni endi kompyuter orqali ham topshirishingiz mumkin! Xuddi o‘sha IELTS testlari bo‘lsa-da, afzalliklar ko‘proqdir!

IELTS hozirgi kunda jahon miqyosida eng mashhur va tanilgan test bo‘lib, yildan yilga uning ommabopligi oshayapti. Faqatgina o‘tgan yili uch milliondan ortiq nomzodlar IELTS testlarida o‘z kuchini sinab kurishdi. Buni inobatga olgan holda, maxsus IELTS kompyuter testlari ishlab chiqildi. Bu esa, o‘z navbatida, nafaqat ko‘proq test topshirishni xohlovchilarni jalb qilishga yordam beradi, ularga yanada ko‘proq imkoniyat ham yaratadi.

IELTS kompyuter testlarning afzalliklari nimadan iborat?

IELTS kompyuter testlari, yuqorida aytganimizday, test topshiruvchilar uchun ko‘proq imkoniyat yaratadi. Nomzodlar o‘zlari test topshirish shaklini va qulay vaqtini tanlash imkoniyatiga ega. IELTS kompyuter testlarining yana bir muhim afzalligi — test topshiruvchilar endi test natijalaridan yanada tezroq — 5-7 kalendar kuni ichida xabardor bo‘lish imkoniyatiga ega.

IELTS kompyuter testlarining topshirish darajasi oldingi, qog‘oz variantida topshirish jarayoniga maksimal darajada mos keltirilgan. Kompyuter testlarining hamma jihatlari “an’anaviy” sharoitlardan farq qilmaydi: testlarning mazmunliligi, savollarning turlari, har bir test uchun ajratilgan vaqti, javob berish variantlari va hokazo. Nomzod xuddi o‘sha IELTS test topshirganiga amin bo‘lishi mumkin.

Kompyuter orqali test topshiruvchi o‘qish (reading), yozish (writing), eshitish (listening) test sinovlaridan o‘tadi. So‘zlash (speaking) testi eski shaklda — bevosita IELTS sertifikatiga ega tajribali mutaxassis bilan suhbat orqali o‘tkaziladi, chunki bu usul haligacha nomzodning ingliz tili bo‘yicha og‘zaki mahoratini anglatuvchi va baholashning eng samarali mezonidir.

IELTS kompyuter testlarining yana bir muhim va ahamiyatli tomoni — jarayon va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashning o‘ta yuqoriligida. Bundan tashqari, nomzod IELTS kompyuter testlarini topshirishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida maxsus materiallardan foydalanishi mumkin.

Testlar mosligi, qulaylik va osonlik, xavfsizlik — bir so‘z bilan aytganda IELTS kompyuter testlari jarayoni jahondagi eng yuqori standartlar asosida o‘tkaziladi. Buni O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi Britaniya Kengashi ta’minlab berishini kafolat beradi.

Hozirgi kunda IELTS kompyuter testlari jahondagi 47 davlatlarida qo‘llaniladi. Kelgusida ularning soni va topshiruvchilar soni ham, shubhasiz, ko‘payib boraveradi. Nima uchun? Chunki IELTS kompyuter testlari nafaqat o‘ta yuqori standartlar asosida o‘tkaziladi va jarayonning o‘ta xavfsizligini ta’minlab beradi. Eng muhimi, ular nomzodlar uchun bir qator qulayliklar yaratadi.

Siz ham o‘z kuchingizni IELTSda sinab ko‘ring va shunga amin bo‘ling! Bir so‘z bilan aytganda, IELTS kompyuter testlarini topshirish jarayoni  tezkor, oson va qulay!

Matn bilan batafsilroq tanishish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi havolani qo‘llang –www.britishcouncil.uz/exam/iels

Reklama huquqi asosida

Top