2021 yil 1 maydan buyon şu paytgaça 18 turdagi xalqaro imtihonda yuqori natijaga erişgan 16 655 nafar yoşning imtihon xarajatlari qoplab berilgan. Yoşlarga qariyb 28,8 mlrd söm kompensatsiya sifatida qaytarilgan.

Xalqaro imtihonlar böyiça eng köp tölovini qaytib olganlar IELTS topşirganlar bölib, jami 12031 nafar yoş bu imtihondan yuqori natija körsatgan. 2-örinda TORFL/TRKI– 3068 nafar va 3-örin SAT böyiça – 1189 nafar yoş pulini qaytarib olgan.

Şuningdek, hududlar kesimida eng köp kompensatsiya olganlar quyidagiça:

➖ Toşkent şahri — 6 829 nafar

➖ Buxoro viloyati — 1 432 nafar

➖ Farğona viloyati — 1 276 nafar

➖ Namangan viloyati — 1 119 nafar

➖ Samarqand viloyati — 961 nafar

Yana bir muhim jihati, bu tizimda kompensatsiya olganlarning köpi qizlar hissasiga töğri keladi. Bunda 16 655 nafar yoşning 9 053 nafari qizlar, qolgan 7 602 nafari yigitlar bölgan.

Ma’lumot uçun, hukumat qarori bilan 2021 yil 1 maydan boşlab 5, 2022 yil 1 yanvardan 13 va jami 18 turdagi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoşlarning imtihon xarajatlari Yoşlar işlari agentligi tomonidan qoplab berilib kelinyapti.