O‘qish vaqtidagi stajirovkaning ahamiyati

Men bakalavrni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishini bitirganman. 2020 yil, o‘qishni bitirishim bilanoq Markaziy bankda pul kredit siyosati departamentida ish boshlaganman. Albatta, bu joyga kelish o‘zidan o‘zi bo‘lmagan. 2019 yilda Markaziy bank e’lon qilgan maxsus stipendiyani yutganman va 10 oy o‘sha yerda stajirovka qilganman. Stajirovka yakunida suhbat qilinib, shu orqali ishga kirganman. Bankda 2020-2022 yillarda ishladim. Bu stajirovka Amerikaga grant yutishimda juda katta rol o‘ynagan deb o‘ylayman. Chunki magistraturada chuqurlashtirilgan bilimlar beriladi. Markaziy bankdagi stajirovkam bilimlarimni mustahkamlashga yordam bergan. Qolaversa, ish jarayonida soham bo‘yicha ko‘p savollar paydo bo‘lishni boshlagan va ularga javob topish uchun magistratura bosqichidagi bilimlarga ehtiyoj tug‘ilayotganini seza boshladim.

Xalqaro grantlarga harakat

Shunday qilib, 2021 yildan boshlab magistratura uchun hujjat tayyorlashga kirishdim. Germaniya, Italiya, Vengriya, Fransiya, Angliya, Amerika davlatlaridagi 20dan ortiq universitetga hujjatlarimni topshirdim. Va 10dan ortig‘iga qabul qilinganim haqida javob xati oldim. Amerikaga o‘qish istagim kuchli bo‘lgani uchun shu yerdagi universitetlarni tanlash niyatim bor edi. Lekin bu universitetlar meni tanlashiga ishonchim yo‘q edi. Xayolimda bir narsa bo‘lgan: bu yil baribir o‘tolmayman, bu tajriba bo‘ladi va keyingi yil topshiraman. Lekin Tufs universiteti to‘liq grant berdi. Bu kelajak liderlari stipendiyasi bo‘lib, talabalarga 2 yil davomida magistratura uchun o‘qishda barcha xarajatlarni qoplab beradigan dastur. Bundan tashqari, menga Amerikaga ko‘chib kelish uchun 1700 dollar miqdorida pul ham berishgan.

AQSh universitetlaridan qanday grant yutish mumkin?

Ochig‘i, bu savolga umumiy javob yo‘q. Bu borada aytish mumkin bo‘lgan yagona umumiy gap: AQShda to‘liq scholarship olishning imkoni bor. Lekin har bir universitet va dastur bo‘yicha grant yutish yo‘llari har xil. AQShda davlat yoki biror tashkilotlar beradigan grantlar va alohida universitetlar faqat o‘z talabalari uchun ajratadigan grantlar mavjud.

Bular orasida magistratura va PhD bosqichida o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun davlat tomonidan moliyalashtiriladigan Fulbright dasturi juda mashhur. Dastur tomonidan talabaning o‘qish davomidagi barcha (o‘qish, ko‘chib kelish va yashash) xarajatlari qoplanadi. Dasturga topshirish shartlari va talablari bo‘yicha