08:15 / 30.04.2019
6059

Nepalda noma'lum kasallikdan 10 kishi vafot etdi

Foto: Global Look Press/Zhang Jianhua

Nepalning Xumla tumanida 200 dan ko‘proq kishi noma'lum kasallikka uchradi. Ulardan 10 nafari vafot etgan. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, kasallik bir hafta oldin tumanning bir nechta qishlog‘ida tarqalgan. Vafot etganlarning aksariyati keksalar va bolalar bo‘lgan. Mahalliy hukumat kasallik tarqalishini tez orada nazorat ostiga olishga va'da bergan.

Ta'kidlanishicha, ushbu kasallikning avj olishi deyarli har yili yuz beradi. Ayni vaqtda shifokorlar bu qanday kasallik ekanligini aniqlashga harakat qilishmoqda. 

Top