Nepal hukumati öz fuqarolariga Rossiya va Ukrainada işlaş uçun ruxsatnomalar berişni töxtatdi, deb xabar berdi OAV 5 yanvar, juma kuni. Katmandudagi hukumat Ukrainada Rossiya tomonida jang qilgan va Nepaldan kelgan kamida 10 nafar yollanma askar halok bölgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanganidan keyin şunday qarorga keldi. «Ötgan yilning dekabr oyi boşida Ukrainada Rossiya tomonida jang qilgan olti Nepal fuqarosi halok bölgani ma’lum böldi, keyinroq ularning soni 10 nafarga yetdi. Şuningdek, bir nepallik Ukraina harbiylari tomonidan asirga olingan va Katmandu hozir uni ozodlikka çiqarişga harakat qilmoqda», — deyiladi xabarda. Mamlakat taşqi işlar vazirligi fuqarolarni Ukrainadagi uruşda qatnaşmaslikka çaqirdi.

Şuningdek, Nepal öz fuqarolariga xorijda işlaş uçun ruxsatnomalar berayotgani, bunda ularning tinç kasblar böyiça işga joylaşişi maqsad qilingani ta’kidlangan. Nepal qonunlari fuqarolarga boşqa mamlakatlar armiyasida xizmat qilişni taqiqlaydi, bir neçta döst davlatlar, xususan Hindiston va Buyuk Britaniya bundan mustasno. 

Rossiya tomonida kamida 200 nepallik jang qilmoqda 

Nepal rasmiylariga köra, nepallik kamida 200 nafar yollanma askar hozir Ukrainada Rossiya armiyasi tarkibida jang qilayotgan bölişi mumkin. Taşqi işlar vaziri Narayan Prakaş Saudning aytişiça, 100 kişining qayerdaligi hozirça noma’lum. Katmandu allaqaçon Moskvadan nepalliklarni yollaşni bas qilişni va yollanganlarni vataniga qaytarişni talab qilgan. 

Oktyabr oyida The New York Times (NYT) rus armiyasi bilan şartnoma imzolagan va Ukraina bilan uruşga kirgan önlab nepalliklar haqida xabar bergan edi. Ularning köpçiligi, gazeta yozişiça, mamlakatdagi qaşşoqlik va işsizlik tufayli şunday qilgan. Şu bilan birga, NYT ma’lumotlariga köra, ba’zi nepalliklar Rossiyaga qarşi xorijiy legionlarda jang qiliş uçun Ukrainaga ham yöl olyapti.

Nepalda Rossiya armiyasiga yollaş bilan şuğullanganlar uşlandi

Nepal politsiyasi dekabr oyi boşida ma’lum qilişiça, rasmiylar 12 kişini yoş yigitlarni Rossiya armiyasi uçun jang qilişga yuborganlikda ayblab qölga olgan. Politsiya ma’lumotlariga köra, qölga olinganlar nepalliklarni Hindiston va BAA orqali Rossiyaga jönatgan. «Bu tarzda qança odam yuborilgani noma’lum, ammo tergov davom etmoqda», dedi politsiya vakili. Uning sözlariga köra, köngillilarning har biriga Rossiyaga jönatiş uçun 8500 dollargaça pul tölangan.