16:46 / 28.08.2019
37493

Zelenskiy Ukrainaning hali hech bir prezidenti erishmagan ko‘rsatkichga erishdi 

Foto: EPA/TASS

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga fuqarolarning 70 foizi ishonadi, Ilko Kucheriv nomidagi "Demokraticheskiye initsiativi" fondi o‘tkazgan so‘rovda ana shunday ko‘rsatkich qayd etildi.

"Zelenskiyning “asal oyi” davom etmoqda. Yangi saylangan prezident Vladimir Zelenskiyga hozirda fuqarolarning 70 foizi ishonadi. Ukraina tarixida hech bir prezident bunday ishonchga erishmagan, Yushchenko 50 foizdan ortiqroq edi. Bu eng yuqori ko‘rsatkich", - dedi fond direktori Irina Bekeshkina.

Ukraina aholisi o‘rtasida so‘rov Ilko Kucheriv nomidagi "Demokraticheskiye initsiativi" fondi va Kiyev xalqaro sotsiologiya universiteti hamkorligida 8 avgustdan 20 avgustgacha o‘tkazildi. 

So‘rov Ukrainaning barcha oblastlaridagi 103ta aholi maskanida, Donetsk va Lugansk oblastlarida esa Kiyev nazorati ostidagi hududlarda o‘tkazildi.

Unda 18 yoshdan yuqori bo‘lgan 2040 kishi qatnashgan.

Mavzuga oid
Top