Jahon | 18:36 / 04.05.2024
9248
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi

Ularning qaysi jinoyatlarda gumon qilinayotgani ma’lum emas.

Foto: AFP/Getty Images

Rossiya Ichki ishlar vazirligi (IIV) Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni qidiruvga berilganlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Zelenskiy 2024 yil fevralida qidiruvga berilgan, uning qaysi jinoyat ishi bo‘yicha qidirilayotgani aytilmagan.

Shu bilan birga, Ukrainaning sobiq prezidenti Petro Poroshenko ham qidiruvga berilgan.

2023 yil dekabrida Rossiya IIV Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanovni qidiruvga bergan edi.

Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi Ukrainaning to‘rt nafar harbiy rahbarini, jumladan, Kirill Budanovni ham terrorchilik harakatlari sodir etganlikda sirtdan ayblangan edi. Tergov qo‘mitasi ularni rus nishonlariga uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qilishda ishtirok etgan deb hisoblaydi. Bundan tashqari, Budanov Rossiyada terrorchilik jamiyatini yaratish, bir guruh shaxslar tomonidan terakt sodir etish, qurol va portlovchi moddalarni saqlashda ayblangan. Ushbu ayblovlar bo‘yicha Budanov 2023 yil aprel oyida sirtdan hibsga olingan.

Mavzuga oid