Ukraina xavfsizlik xizmatiga köra, Zelenskiydan taşqari Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi rahbari Kirill Budanov hamda Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyukni öldiriş reja qilingandi.
Amaliyot doirasida prezident xavfsizligiga javobgar bölgan Ukraina davlat xavfsizlik boşqarmasining ikki polkovnigi qölga olingan.
«FSB razvedka tarmoği vazifalaridan biri harbiylar orasidan prezidentni qöriqlaş xizmatiga aloqador bölgan va davlat rahbarini garovga olib, keyin öldirişga qodir bölgan ijroçilarni qidiriş edi», — deya yozadi UXX öz telegram-kanalida.
Ukraina davlat qöriqlaş boşqarmasining gumondor xodimlaridan biri körsatma berayotgani aks etgan kadrlarga köra, unga bunday odamlarni izlab topiş vazifasi 2022 yil fevral-mart oylarida qöyilgandi. Videoyozuvda bu şaxs ança oldin, 2014 yilgi voqealardan keyin Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan yollanganiga iqror böladi.
Ukraina boş prokurori ofisi öz telegram-kanalida yozişiça, gumonlanuvçilar Ukraina davlat qöriqlaş boşqarmasidagi xizmat çoğida «pul evaziga RF FSB vakillariga Ukrainaga qarşi qöporuvçilik faoliyati amalga oşirişda ixtiyoriy yordam körsatişgan».
Ukraina xavfsizlik xizmati tasdiqlaşiça, Budanovni Pasxagaça öldiriş rejalaştirilgan va suiqasd rejasi quyidagiça bölgan: «avvaliga yollangan josus qöriqlanayotgan odamning qayerlarga borişini kuzatişi va duşmanga bu haqda ma’lumot yetkazişi», keyin esa «uşbu amaldor bölib turgan uy koordinatalari böylab raketa zarbasi berilişi» kerak edi.
Buning ortidan zarba joyida turgan odamlar ustiga dron zarbasi berilib, buning ortidan yana bir raketa uçib kelişi lozim bölgan.
UXX xabarida aytilişiça, rossiyaliklar agentini qurollar bilan «UGO polkovnigi [davlat qöriqlaş boşqarmasi] ta’minlagan, u Kiyevga FPV-dronlar, RPG-7 uçun zaryadlar, şuningdek MON-90 piyodalarga qarşi minalarni şaxsan özi keltirgan».
Maxsus xizmatlar gumondagi rossiyalik josus bilan yozişmalar hamda musodara qilingan qurol va öq-dorilar aks etgan fotosuratlarni namoyiş etgan.
Rossiya hukumati hozirça Ukraina xavfsizlik xizmati da’volari yuzasidan izoh bermagan.
«Putinga sovğa»
Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyukning yozişiça, maxsus xizmatlar amaliyoti haqida juda kam kişi xabardor bölgan va uning borişini şaxsan özi nazorat qilgan.
















