07:58 / 14.09.2019
0
5286

Gulistonda O‘zbekiston - Qozog‘iston demarkatsiya komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi

2019 yilning 9-13 sentabr kunlari O‘zbekistonning Guliston shahrida O‘zbekiston - Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida davlatlararo chegara demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlar davom ettirilgan.

Uchrashuv davomida davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida dala tekshiruv ishlari o‘tkazildi.

Muzokaralar an'anaviy do‘stlik va hamjihatlik muhitida o‘tdi, deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top