18:49 / 18.09.2019
0
8920
Reklama

«Agrobank» Germaniyaning «AKA» banki bilan o‘zaro hamkorlikka erishdi

«Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlarining tadbirkorlik uchun jozibador bo‘lgan kredit liniyalarini jalb qilish borasida qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, kuni kecha «Agrobank» tomonidan Germaniyaning «AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH» nemis banki konsorsiumi bilan texnologik uskunalarni moliyalashtirish bo‘yicha 25 million Yevroga teng kredit liniyasini jalb qilish borasidagi kelishuvni imzolashga erishildi.

Mazkur kredit shartnomasi doirasida «AKA» banki «Agrobank» ATBga Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan tovarlar va xizmatlarni import qiluvchi kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun mablag‘lar taqdim etadi. 

Germaniyaning «AKA» banki kredit liniyalari mablag‘lari bank mijozlariga asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ularni yuqori texnologiyali uskunalar bilan ta'minlash imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mahsulot sifatini yanada yaxshilash eksport hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga olib keladi.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, «AKA Bank» (AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH) 1952 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 17 nafar Germaniya bankining yirik konsorsiumi hisoblanadi. Moliya muassasasi sindikatlilik asosida Yevropa mamlakatlari milliy eksport agentliklari ko‘magida Yevropa Ittifoqi eksportyor korxonalari, avtomobil va uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalararo bitimlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram: t.me/AgrobankChannel

Instagram: @Agrobank_uz

Facebookfb.com/AgrobankUzbekistan

«Agrobank» ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top