Xabaringiz bor, davlat rahbarining taşabbusi bilan taşkil etilgan “Suvçilar maktabi” loyihasiga joriy yilning 29 may kuni Agrobank, Suv xöjaligi vazirligi, “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamkorligida start berilgandi.
Ötgan davr mobaynida mazkur yönalişda bir qator işlar amalga oşirildi va bugungi kunda ham amalga oşirilmoqda.

Maktabni taşkil etişdan asosiy maqsad - suvdan foydalanuvçilar (xususan dehqon va fermerlarni) suvdan foydalaniş madaniyatini oşiriş va şu orqali yuqori hosildorlikka erişiş, innovatsion texnologiyalarni qöllaş böyiça bilim va könikmalar beriş hisoblanadi.

Loyihani amalga oşirişda, jumladan, maktab konsepsiyasini işlab çiqişda Turkiya, Ispaniya, Xitoy davlatlari tajribalari örganildi, şuningdek, fermerlar örtasida sörovnoma ötkazildi. Işlab çiqilgan maxsus “handbook”da sohadagi asosiy nazariy bilimlar, şuningdek xorij tajribasi yoritib berildi va amaliy darslar bilan uyğunlaştirildi.

“Suvçilar maktabi”ning 1-bosqiçiga hozirga qadar 154 ta tumanda jami 60 330 nafar fermer va suvçi jalb qilinib malakalari oşirildi. Loyihaga jami 50 nafardan ortiq professor-öqituvçilar, soha mutaxassislari jalb qilindi, ular orasida xorijlik mutaxassislar ham faoliyat yuritmoqda.

2024-2030 yillarda 2-bosqiçda 60 mingga yaqin (har yili 8500 nafar) fermer xöjaliklarini sertifikatlaş böyiça 1 haftalik öquv kurslari taşkil etiladi. Joriy yil yakuniga qadar Respublikaning 13 ta hududida “Suvçilar maktabi” öquv binolari hamda xususiy şeriklar bilan hamkorlikda ilğor suv tejovçi texnologiyalar qöllanilgan tajriba maydonlari taşkil etiladi.

Öquv dasturlarni xorijiy tajriba asosida takomillaştiriş, şuningdek, öquv dasturlarini xorijiy davlatlar tajribalar asosida işlab çiqiş, suv tejovçi texnologiyalarni qöllaş böyiça video darsliklar tayyorlanib, platforma orqali onlayn kurslar yölga qöyiş rejalaştirilgan.













