15:09 / 01.11.2019
0
5654

Islom bilim yurtlarida o‘qiyotgan 36 talabaning kontrakti zakotlar hisobidan to‘lab berildi

O‘zbekistondagi 10ta oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtida tahsil olayotgan 36 nafar talabaning kontrakt-shartnoma pullari oktabr oyida «Vaqf» xayriya jamoat fondining zakot mablag‘lari hisobidan to‘lab berdi.

Fond matbuot xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, 36 nafar talabaning yarim yillik ta'limi uchun to‘lovning jami qiymati 189 mln. so‘mdan ortiqni tashkil etgan.

Foto: vaqf.uz
Foto: vaqf.uz

«Vaqf» xayriya jamoat fondi saxovatpesha insonlarni ilm toliblarini qo‘llab-quvvatlashga, ularning moddiy qiyinchiliklarsiz ta'lim olishlarida ko‘mak ko‘rsatishda faollikka chaqirgan.

«Dinimiz uchun xizmat qiluvchi talabalarning ta'limiga ko‘mak ko‘rsating va ulkan ajrga erishing», – deyiladi xabarda.

Foto: vaqf.uz
Foto: vaqf.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Vaqf»fondi rahbari Iskandar Xalilov jamg‘arma mablag‘lari nimalarga sarflanayotgani yuzasidan ma'lumot bergan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top