08:01 / 05.11.2019
0
9928

Olmaliqda budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Foto: tashvil.uz

Olmaliqda budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, Olmaliq shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktorining o‘rinbosari va metodisti, xizmat safari hujjatlarini soxtalashtirish orqali o‘zlarining shaxsiy plastik kartalariga 87,2  mln. so‘m pullarni elektron to‘lov tizimlari orqali o‘tkazib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan JKning 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top