Bugun, 20 fevral kuni soat taxminan 08:00 larda Enter Engineering kompaniyasining Olmaliqdagi metall tayyorlaş sexida (AZMK-3) vaqtinçalik qurilmaning tom qismi qulab tuşdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga köra, bunga köp qor yoğişi va qattiq şamol sabab bölgan.

Natijada 3 nafar hindistonlik işçi voqea joyida vafot etgan, 29 nafar hindistonlik turli darajadagi tan jarohatlari bilan şifoxonaga joylaştirilgan. Ayni paytgaça ulardan 4 nafariga şifoxonadan javob berilgan.

  • Kun.uz manbasiga köra, qurbonlar soni 4 nafarni taşkil etmoqda.

Holat yuzasidan dastlabki tergov suriştiruv işlari olib borilmoqda.

FVVga köra, ob-havoning keskinlaşuvi va qalin qor yoğişi oqibatida bugun Olmaliq şahridagi “Qöqon bozori”da ham savdo navesi qulaşi yuz bergan. Jabrlanganlar yöq.