Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki hududda qurilish va ta’mirlash ishlarida talon-torojliklar aniqlandi
Qurilish va ta’mirlashdagi talon-torojliklar aniqlandi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda Xorazm viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mas’ul shaxslari va boshqalar Urganch shahridagi temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikni rekonstruksiya qilishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali jami 549,3 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda Yangiyo‘l tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va T.F. MChJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, Qirariq ko‘chasidagi 592 metr yo‘l asfalt qilingan bo‘lsa-da, 26.10.2023 yilda ushbu ko‘chani asfalt qilish bo‘yicha “Shaffof” platformasiga qo‘yib, tanlovda T.F. MChJ g‘olib bo‘lgach MChJ rahbari F.T.bilan kelishib rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali jami 239,8 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?
20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi
09:07 / 10.07.2025
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
21:26 / 07.07.2025