14:30 / 05.12.2019
0
7028

Tojikistondan elektr import qilish sentyabrdan to‘xtatilgani ma'lum qilindi

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Kun.uz’da Tojikiston saytida chiqqan ma'lumotga asoslanib e'lon qilingan «Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni to‘xtatdi» sarlavhali xabarga munosabat bildirdi.

Jamiyat rasmiy saytida e'lon qilingan xabarda qayd etilishicha, Tojikiston Respublikasidan import qilingan elektr energiya amaliyoti tugatilganiga qariyb 3 oy vaqt bo‘lgan. Bu ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgandek O‘zbekistonning Turmanistondan elektr energiyasini import qilishi bilan bog‘liq emas.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi matbuot kotibi Ulug‘bek Urunovning ta'kidlashicha, «bu ikki masalani bir-biriga bog‘lash mutlaqo noto‘g‘ri!»

Ma'lum bo‘lishicha, 2019 yil 3 apreldagi O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyasi qarori va energetika hamda suv manbalari muvozanatini barqarorlashtirish, mamlakatimiz iste'molchilarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlanish, shuningdek, 2019–2020-yilgi kuz-qish mavsumiga elektr uskuna va jihozlarni sifatli tayyorlash maqsadida 2019 yil 5 aprelda Tojikistonning «BARKI TOChIK» ochiq aksiyadorlik holding kompaniyasi va «O‘zbekenergo» AJ o‘rtasida shartnoma imzolangan. Mazkur shartnomaga muvofiq 2019 yil aprel oyida Tojikistondan elektr energiyasi import qilina boshlagan. Sentabr oyining oxirida shartnomaviy majburiyat yakuniga yetgan.

Ulug‘bek Urunovning ma'lum qilishicha, 2019 yil sentabr oyining 4-sanasida 158,52 mln. kVt•soat elektr energiyasi iste'mol qilingan bo‘lsa, dekabr oyining 4-sanasida 203,97 mln. kVt•soat, ya'ni qariyb 30 foizga ko‘proq elektr energiyasi iste'mol qilingan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top