Energetika sektorini subsidiyalaş
Özbekistonda narx şakllanişining bozor mexanizmlari yöqligi sababli davlat energetika sohasini subsidiyalaşga majbur bölyapti. Masalan, bugun 1 kWh elektr energiyasining tannarxi 990 söm. Demak, bir oyda örtaça 200 kWh elektr energiyasi iste’mol qilinganda ham, davlat amalda har bitta iste’molçi uçun 139 ming sömdan subsidiya bermoqda. Mamlakatdagi aholi iste’molçilari soni esa 6,1 million xonadonni taşkil etadi.
Xuddi şunday, 1 kub metr gaz tannarxi 1961 söm bölgan holda, isitiş mavsumida 750 kub metr gaz yoqadigan bitta oila örtaça 1 million 185 ming 750 söm subsidiya olmoqda. Ayni paytda aholi gaz iste’molçilari jami soni 3,5 million xonadonni taşkil qiladi.
Sohaning zarar bilan işlayotgani hisobiga uni davlat budjetidan subsidiyalaş kamomadga olib kelmoqda. Bu esa ijtimoiy sohaga köproq mablağ yönaltirişga imkon bermayapti.
Iqtisodiyot va moliya vazirligidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, 2021 va 2022-moliya yillarida uşbu maqsadlarga 6 trillion sömdan ortiqroq mablağ ajratilgan. 2023 yilda esa aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun 14 trillion sömdan ortiqroq subsidiya berilgan.
Taqqoslaş uçun, 2023 yilda «Taşabbusli budjet» loyihalarini moliyalaştiriş uçun 4,3 trillion söm ajratilgan.
Işlab çiqarilgan elektr energiyasining 15-20 foizi iste’molçilarga yetib bormayapti
Özbekistonda işlab çiqarilgan elektr energiyasining 15-20 foizi elektr uzatiş tarmoqlarining eskirgani oqibatida iste’molçilarga yetib bormay yöqotilmoqda. Xususan, 2023 yilda işlab çiqarilgan 78 mlrd kWh elektr energiyasining 12 mlrd kWh hajmdagisi yoki 15,3 foizi iste’molçilarga yetib bormagan. Xalqaro standartlar böyiça elektr energiyasi yetkazib berişdagi texnik yöqotişlar örtaça 7-8 foizni taşkil etişi kerak.
Hozirda ortiqça yöqotilayotgan 6 mlrd kWh elektr energiyasi oyiga örtaça 350 kWh tok yoqadigan 2,5 milliondan ortiq iste’molçining 7 oylik iste’moliga teng.
Elektr uzatiş tarmoqlari, transformatorlar va boşqa infratuzilmani modernizatsiya qiliş energetika tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etişning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Elektr energiyasini hamda tabiiy gaz işlab çiqariş va yetkazib beriş xarajatlarini qoplaş maqsadida narxlarni maqbullaştiriş lozim. Bu bir qança jihatdan muhim ahamiyatga ega:
- subsidiyalarning asosiy qismini ajratiş töxtatiladi;
- budjet taqçilligi keskin qisqaradi;
- tarmoqqa bozor iqtisodiyoti mexanizmlari joriy etiladi;
- iste’molçilarga energiya resurslarini yetkazişda uzilişlarga barham beriladi;
- energetika tizimida xususiy sektorning iştirokini ta’minlaşga qaratilgan institutsional islohotlar ötkaziladi;
- energiya taqsimotini xususiylaştiriş esa tizimdagi yöqotişlarning oldini oladi;
- mavjud servis va texnik imkoniyatlar modernizatsiya qilinadi;
- elektr energiyasi işlab çiqariş va tabiiy gaz qazib çiqariş hajmi köpayadi;
- elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berişning sifati yaxşilanadi;
- yuqori samaradorlik körsatkiçlari qayd etiladi;
- muvaffaqiyatli makroiqtisodiy barqarorlaşuv natijasida narxlarning inflatsiyaga ta’siri yumşatiladi.
Agar sohaga bozor qonunlari joriy qilinsa, ertaga bu mablağlar tejaladi. Natijada tejalgan mablağni ijtimoiy sohani rivojlantirişga, yangi maktablar, tibbiyot muassasalarini qurişga, har bir sohada işlab çiqarişni taraqqiy ettiriş uçun zamonaviy texnologiyalarni olib kirişga, qolaversa, energetika tizimini çuqur modernizatsiya qilişga ham sarflaş mumkin.
Bundan taşqari, yaşaş uçun zarur bölgan boşqa tovarlar singari energiya borasida ham bozor qoidalari bilan yaşaş iste’molçilik madaniyatini, ortiqça isrof qilmaslikni, xarajatlarni mustaqil nazorat etiş va oqilona taqsimlaş kabi hayotiy könikmalarni şakllantiriş hamda rivojlantirişga ham turtki böladi.












