08:26 / 19.12.2019
1
26491

AQSh vakillar palatasi Trampning impichmenti uchun ovoz berdi

Foto: The New York Times

AQSh kongressi vakillar palatasi (quyi palata) AQSh prezidenti Donald Trampga  qo‘yilgan ikki ayblov – “vakolatlarni suiiste'mol qilish” va “kongressga qarshilik ko‘rsatish” bo‘yicha prezidentning impichmenti uchun ovoz berdi.

Quyi palatada ko‘pchilikni tashkil qiluvchi demokratlar impichment uchun, respublikachilar esa unga qarshi ovoz berishgan. 

Endi ish senatda ko‘rib chiqiladi, u Tramp ustidan sud jarayonini o‘tkazadi. Senatda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi respublikachilar Trampga impichment e'lon qilmoqchi emaslar.

Trampning o‘zi demokratlar tomonidan boshlangan impichment jarayonini ularning “siyosiy o‘z joniga qasd qilishi” deb atagan. “Bekorchi demokratlar amerikalik saylovchilarga o‘z adovatini ochiqchasiga ko‘rsatmoqda. Ushbu noqonuniy va siyosiylashgan impichment Demokratik partiyaning siyosiy o‘z joniga qasd qilishi hisoblanadi. Siz mening reytingimni ko‘rganmisiz? Ular menga birinchi kundanoq impichment e'lon qilishga harakat qilishgan. Ular buni men kurashni boshlashimdan oldinoq qilishga urinishgan”, deb aytgan Tramp Michigandagi namoyishda. 

Uning ta'kidlashicha, vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi 2020 yilgi saylovlar natijalariga ko‘ra kongressdagi o‘rnidan mahrum bo‘lishi muqarrar.

Oq uyda Tramp impichment jarayoni doirasidagi keyingi qadamlarga tayyorligini va senatda to‘liq oqlanishiga ishonchi komilligi aytilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top