AQShda TikTok bloklanishi mumkin – Bayden tegishli qonunni imzoladi
Qonun TikTok platformasi amerikalik foydalanuvchilar ma’lumotlarini Xitoy hukumatiga topshirishi mumkinligi haqidagi xavotirlar tufayli qabul qilingan.
AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance kompaniyasiga Amerikadagi biznesini 9 oy ichida sotish majburiyatini yuklovchi qonun loyihasini imzoladi. Aks holda, ijtimoiy tarmoq bloklanadi.
ByteDance ushbu «nokonstitutsiyaviy» qonunga sud orqali e’tiroz bildirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bayonotda aytilishicha, ByteDance AQSh foydalanuvchilari ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash va platformani tashqi ta’sir va manipulyatsiyadan himoya qilish uchun «milliardlab dollar» sarflagan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqni taqiqlash 7 million korxonaning yopilishiga va 170 million amerikalikning «ovozining o‘chirilishiga» olib kelishi ta’kidlangan.
Qonun TikTok platformasi amerikalik foydalanuvchilar ma’lumotlarini Xitoy hukumatiga topshirishi mumkinligi haqidagi xavotirlar tufayli qabul qilingan. Kompaniya buni har doim rad etib kelmoqda.
Respublikachi senator Marko Rubio ta’kidlaganidek, «Biz yillar davomida Xitoy Kommunistik partiyasiga Amerikadagi eng mashhur ilovalardan birini boshqarishga ruxsat berdik [...] bu xavfli va uzoqni ko‘ra olmaslik edi».
Avvalroq, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin Qo‘shma Shtatlarni TikTok’ni «yo‘q qilishga» urinishda ayblab, milliy xavfsizlikka tahdidlar haqida hech qanday dalil taqdim etilmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, taqiq Qo‘shma Shtatlarning o‘ziga «muqarrar ravishda qaytadi».
Qo‘shma Shtatlarda TikTok’ni taqiqlash g‘oyasini sobiq prezident Donald Tramp 2020 yilda bildirgan edi. Shuningdek, u har qanday Amerika kompaniyasining ijtimoiy tarmoqni sotib olishiga qarshi chiqdi. Biroq, Vakillar palatasida ovoz berish jarayonidan bir hafta oldin u TikTok’ni taqiqlash qarorini «murakkab» deb atadi va bundan «xalq dushmani» deb hisoblaydigan Facebook foyda olishini ta’kidladi.
2022 yil dekabrida, Jo Bayden prezidentligi davrida AQSh Senati Xitoy hukumatiga ma’lumotlarni uzatishdan cho‘chib, hukumat xodimlariga federal hukumat elektron qurilmalarida TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishni taqiqlagan edi.
TikTok Xitoy rasmiylari bilan ma’lumotlar almashishni bir necha bor rad etgan. Kompaniya vakillari, agar hukumat so‘rasa ham bunday ma’lumotni baham ko‘rmasligini da’vo qilishmoqda.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 18:24
-
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 18:17
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
Mavzuga oid
16:53
Tramp Kennedi o‘ldirilishi haqidagi hujjatlarni oshkor etishga va’da berdi
00:12
TikTok AQShdagi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi
23:30 / 19.01.2025
AQSh Yevropaga modifikatsiya qilingan yadroviy aviabombalarini joylashtirdi
15:15 / 19.01.2025