13:26 / 21.12.2019
0
7550

«Toshkent - Angren - Orzu - Pop - Toshkent» yo‘nalishida vaqtinchalik qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Foto: LiveJournal

2019 yil 21 dekabr kuni A-373 “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi xavfi mavjud bo‘lganligi bois, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, shu sababli «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Farg‘ona vodiysiga va Toshkent shahriga qarab avtotransportda yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarni Pop stansiyasiga yetkazib qo‘yish hamda Toshkent shahriga olib kelish uchun vaqtinchalik qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 

“Toshkent – Angren – Orzu – Pop – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan mazkur poyezd 2019 yil 21 dekabr kuni soat 11:30da Toshkent Janubiy vokzaldan jo‘natildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top