20:28 / 13.03.2020
0
21686

Yevropa Ittifoqida koronavirusni to‘xtatish imkonsizligi tan olindi

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqida koronavirusni to‘xtatish imkonsizligini tan oldi. U, shuningdek, virusni Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uchun shok deb atadi.   

Foto: Getty Images

Yevrokomissiya rahbarining ta'kidlashicha, koronavirusdan zarar ko‘rgan korxonalarga davlat yordamini taqdim qilish qoidalari maksimal darajada yengillashtiriladi.

“Koronavirus Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uchun kuchli shok bo‘ldi, biroq u uzoq davom etuvchi zarar yetkazmasligi kerak. Yevropa Ittifoqida koronavirus tarqalishini to‘xtatish imkonsiz, faqatgina uni sekinlashtirish mumkin. Buning uchun Yevropa Ittifoqi iqtisodiy hayotini sekinlashtirish zarur bo‘ladi”, deb aytgan fon der Lyayyen Bryusseldagi matbuot anjumanida.    

Uning ta'kidlashicha, Yevropa Ittifoqi koronavirusga qarshi kurashda qat'iyatli, birdam va uyg‘unlikda harakat qilishi lozim. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top