Yevropa Ittifoqi Apple, Google va Meta kompaniyalariga nisbatan suriştiruv boşladi. Ular Raqamli bozorlar töğrisidagi qonunni (DMA) buzganlikda gumon qilinmoqda. Qonun yirik texnologiya kompaniyalarini öz platformalarini raqobatçilarga oçişga majbur qiladi. Amerikaning uçta konserni belgilangan talablarni bajarmadi, deya ma’lumot berdi Yevropa komissiyasi (YeK) 25 mart, duşanba kuni. 

Regulyator, xususan, Apple va Google’ning öz ilovalari dökonlarida foydalanadigan biznes amaliyotlarini tekşiriş niyatida. DMA’ga köra, internet-konsernlar uçinçi tomon dasturiy ta’minot işlab çiqaruvçilariga Apple va Google dökonlaridan taşqaridagi takliflar haqida mijozlarni bepul xabardor qiliş imkoniyatini taqdim etişi şart. 

Apple vakilining aytişiça, konsern nuqtayi nazaridan, Apple ilovalar dökoni uçun foydalanuvçi şartnomasining sönggi yangilanişi DMA talablariga javob beradi. 

Yevropa regulyatoridan da’volar 

Google misolida, Yevropa regulyatori, şuningdek, konsernning internet-qidiruv natijalarida öz takliflarini afzal körişi bilan qiziqyapti. Meta böyiça esa, da’volar Facebook va Instagram’dan reklamasiz foydalaniş uçun tölovni nazarda tutuvçi yangi obuna modeli bilan boğliq.

DMA bandlariga köra, raqobatçilarning öz platformalariga kirişiga qöyiladigan talablarga rioya qilmagan texnologiya kompaniyalari 12 oy davomida global aylanmasi ön foizigaça jarimaga tortilişi mumkin. Yevrokomissiya suriştiruvni bir yil içida yakunlaşni rejalaştirmoqda.