Yevropa Ittifoqi rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning ölimi munosabati bilan rasman şaxsiy sanksiyalar joriy qildi. Sanksiyalar, xususan, u jazoni ötagan IK-3 va IK-6 axloq tuzatiş koloniyalari hamda sudyalar va koloniya boşliqlaridan iborat 30 dan ortiq şaxsni öz içiga oladi.
«Ikkala koloniya ham mahbuslarga nisbatan jismoniy va ruhiy bosim, töliq izolyatsiya, qiynoq va zöravonlik qöllaş bilan maşhur», deyiladi YeI Kengaşi bayonotida.
«Ikkala joyda ham koloniya ma’muriyati Aleksey Navalniyga nisbatan mansab vakolatini suiiste’mol qilgan, jumladan, uni qayta-qayta bir kişilik kamerada saqlagan, şafqatsiz, ğayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvçi munosabatda bölgan, bu esa uning soğliğining jiddiy yomonlaşişiga olib kelgan».
Sanksiya kiritilganlar orasida IK-3 rahbari Vadim Kalinin va koloniya boşliqlarining turli örinbosarlari ham bor. Şuningdek, Moskva şahar sudi sudyasi Andrey Suvorov ham bor, u Navalniyni «ekstremistik jamiyat» taşkil etganlikda ayblab, maxsus rejimli koloniyaga 19 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.
Navalniy va boşqalarga nisbatan bir qator qarorlar qabul qilgan Moskvaning Basmanniy tumani sudyalari Yevgeniya Nikolayeva va Natalya Dudarga nisbatan ham sanksiyalar qöllanilmoqda.
Sanksiya rejimiga kiritilgan şaxslarning aktivlari muzlatib qöyiladi, ularga bevosita yoki bilvosita yoki ularning manfaati uçun mablağlar yoki iqtisodiy resurslar ötkaziş taqiqlanadi. Bundan taşqari, sanab ötilgan şaxslarning Yevropa Ittifoqiga kirişi taqiqlanadi.
Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel sanksiyalarga izoh berdi:
«Kreml rejimi tomonidan Aleksey Navalniyning asta-sekin öldirilişi uning inson hayotiga töliq bee’tibor ekanligidan dalolat beradi. Bugungi sanksiyalar Rossiya siyosiy rahbariyati va rasmiylarini Rossiyada davom etayotgan inson huquqlari buzilişi uçun javobgarlikka tortiş qat’iyatimizni körsatadi. Şu bilan birga biz bilamizki, Putin Rossiya emas, Rossiya ham Putin emas. Biz Rossiya fuqarolik jamiyati va mustaqil ovozlarini qöllab-quvvatlaşda davom etamiz».












