Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga safari chog‘ida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.
Muborak Ramazon kunlarida Alloh taolodan xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, yurtimizni turli balo-ofatlardan asrashini tilab duo qilindi.
Buxoro xalqaro aeroportida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, aholi, fermer va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazirlik va idoralarga topshiriqlar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.