Buxoroda ikki nafar avtobus haydovçisi qoidalarni qöpol tarzda buzib, svetoforning qizil çiroğida harakatlangan. Holat boşqa maşinalardagi kuzatuv kameralariga yozib qolingan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda AZIA STAR rusumli 01 540 VGA hamda Isuzu rusumli 80 206 ABA davlat raqam belgili avtobuslarning haydovçilari Buxoro şahrida svetoforning qizil çiroğida harakatlangani qayd etilgan tasvirlar tarqaldi.
Tasvirlarda har ikkala avtobus svetoforning qizil çiroğida boşqa transport vositalari töxtab turgan paytda ötib ketgani körinadi. Şuningdek, ularning biri piyodalar yölakçasidan ötayotgan odamni urib yuborişiga bir baxya qolgan.
Videotasvirlar yuzasidan Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan örganiş işlari olib borilib, qoidalarni çetlab ötgan haydovçilarga nisbatan belgilangan tartibda çora körilgan.
“Qoidabuzarlikka befarq bölmagan jamoatçilik nazorati vakillariga minnatdorçilik bildiramiz. Barça haydovçilardan, ayniqsa, yölovçi taşiş bilan şuğullanuvçi haydovçilardan yöllarda qoidalarga rioya etgan holda harakatlanişlarini söraymiz”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, 2024 yil 18 mart kuni soat 10:30 atrofida Buxoro viloyati Kogon tumanida tartibga solingan çorrahada avtobus va yuk avtomobili özaro töqnaşgandi.
Oqibatda bir öquvçi hodisa joyida, yana biri şifoxonada vafot etgan, 25 nafar öquvçiga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgandi.
Hodisa tafsilotlariga köra, avtobus 5-ixtisoslaştirilgan davlat umumta’lim maktabi öquvçilarini Buxoro şahridagi drama teatriga olib borayotgan bölgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa tafsiloti tasvirlangan video paydo böldi. Unda avtobus haydovçisi svetofor işlamayotgan çorrahaga ikkinçi darajali yöldan juda katta tezlikda harakatlanib kelib, yuk maşinasiga urilganini köriş mumkin.
P.S: Aftidan, Buxoroda sodir bölgan öşa fojiali hodisadan avtobus haydovçilari yetarli xulosa çiqarmagan körinadi. Aks holda haydovçilar özlarining va boşqalarning hayotiga xavf solib bunday holda harakatlanmasdi.













