Paradigma.uz sayti jurnalisti Kogon tumanida maktab öquvçilari bilan sodir bölgan YTH böyiça reportaj tayyorlaş jarayonida qarşilikka uçragan. Jurnalist va tasvirçini avvaliga Milliy gvardiya xodimlari, söngra esa öqituvçilardan biri maktabga kiritmagan.  

“Voqea sodir bölgan çorrahada tasvirga olişni boşlaganimizda IIB xodimlari yetib kelib, bizni söroqqa tuta boşlaşdi. Şundan söng bizni Kogon tuman IIB binosiga olib borib suhbatlaşişdi va qöyib yuborişdi. 

Keyin biz Kogon tumanidagi 5-makatabga borib, mas’ullardan voqea böyiça intervyu olişga harakat qildik. Maktabga borganimizda Milliy gvardiya xodimlari darvoza oldida turgan edi, ular maktabga kirmasligimizni söraşdi, bir neça daqiqadan keyin esa ketib qolişdi. Biz direktor bilan uçraşiş uçun yana kirmoqçi böldik, ammo bu safar öqituvçilar qattiq qarşilik körsatdi”, deyiladi jurnalist suriştiruvida.

E’lon qilingan videolavhada körinişiça, jurnalist bilan YTH payti avtobus içida bölgan öqituvçi janjallaşgan.

“Men ham qonun-qoidani tuşunaman. Bu yerda hozir hamma joy “yonib yotibdi”. Sizlarning haqqingiz yöq, jurnalist bölsangiz ham IIB xodimlari bilan kelişingiz kerak”, degan öqituvçi.

Özaro janjaldan keyin jurnalist maktabga kira olmasdan ketgan hamda Kogon va Buxoro şahar şifoxonalariga borib, bolalarning ahvoli haqida ma’lumot olgan.

“Halokatga uçragan avtobusda bölgan bolalarning köpçiligi bilan suhbatlaşganimizda deyarli ularning barçasi maktab tomonidan teatrga borişga majburlanganini, majburiy pul yiğilganini va tiqilinç avtobusda olib ketilganini aytişdi.

Şifokorlar bizga taqdim etgan ma’lumotlarga köra, avtohalokat sodir bölganidan söng Buxoro şahar şifoxonasiga 16 nafar, Kogon şahar şifoxonasiga 22 nafar bemor olib kelingan. Şundan ham biliş mumkinki, 24 nafar yölovçiga möljallangan avtobusda siğimidan ortiq yölovçi taşilgan”, deyiladi jurnalist suriştiruvida.  

Eslatib ötamiz, 18 mart kuni Kogon tumanida maktab öquvçilarini Buxoro şahriga teatr tomoşasiga olib ketayotgan avtobus çorrahada beton qoradigan yuk maşina bilan töqnaşib, ağdarilib ketgandi. YTH oqibatida bir öquvçi voqea joyida, yana biri esa keyinçalik şifoxonada vafot