18:55 / 30.04.2020
12550

Andijonda koronavirusga chalingan 18 kishi sog‘aydi

Andijon, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida koronavirus bemorlarining navbatdagi guruhlariga javob berildi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha tuzalganlarning jami soni 1126 kishiga yetdi.

Shundan, 5 nafari erkak, 13 nafari ayol kishilarni tashkil qilib, ularning 5 nafari voyaga yetmaganlardir. 

Ularning 16 nafari Andijon shahar, 2 nafari Andijon tumanida yashovchilardir. Sog‘aygan bemorlarning eng yoshi kattasi 84 yosh bo‘lib, eng kichigi 2018 yilda tug‘ilgan.   

Viloyatda jami 157 kishida virus aniqlangan bo‘lib, hozirgacha ularning 106 nafari butkul sog‘aydi.  

Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 51 nafar bemorlar davolanmoqda.

Shuningdek, Samarqand viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida esa 2 nafar, jami 5 nafar bemor tuzalib chiqdi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda sog‘ayganlarning 1 nafari 39 yoshli erkak,  qolgan 2 nafari esa 39 yoshli va 18 yoshli ayollar bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Viloyatda shu paytga qadar 11 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 14 nafarga yetdi.

Surxondaryoda tuzalib chiqqanlar 31 yoshli va 30 yoshli erkaklar bo‘lib, ikkisi ham Qashqadaryo viloyatidan. Joriy yil 27 mart kuni Moskva-Termiz yo‘nalishida charter reysda kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 18 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 20 nafarga yetdi.

  • 30 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2017taga yetgan, shundan 9 bemor vafot etgan, jami 1126 kishi tuzalgan, ayni vaqtda 882 kishi shifoxonalarda qolmoqda.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top