Andijonda qoidalarni buzib harakatlangan va YPX xodimining töxtaş işorasiga böysunmasdan ketib qolgan haydovçiga çora körildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 7 aprel kuni Andijon şahar Milliy tiklaniş köçasida, haydovçi Yu.S. özining “Monza” rusumli maşinasida avtobus uçun ajratilgan yölakdan harakatlangan. Söng svetoforning qizil işorasiga böysunmasdan ötib ketgan.

Uşbu qoidabuzarlikni vizual holatda körgan YPX inspektori uni töxtatiş uçun maxsus vosita orqali işora berişiga qaramasdan haydovçi inspektorning qonuniy talabiga böysunmasdan qoçib ketgan.

Bundan taşqari, qoidabuzar haydovçi özining uşbu xatti-harakatlarini yölovçi sifatida ketayotgan dösti R.A.ga tasvirga oldirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan ötkazilgan tezkor suriştiruv işlari davomida qoidabuzar haydovçi aniqlanib, unga nisbatan qonuniy çora körilgan, yölovçi R.A. böyiça suriştiruv işlari davom etmoqda.