Andijon viloyatida Telegram orqali fuqarolarning pullarini özlaştirgan 22 yoşli yigit uşlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Farğona şahrida yaşovçi 26 yoşli ayol A.S. IIBga murojaat qilib, Telegram messenjerida noma’lum şaxs tomonidan bank kartasidagi 4 mln 570 ming söm pullari firibgarlik yöli bilan özlaştirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon şahrida yaşovçi 22 yoşli J.R. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvçi sifatida tergov organlariga jalb etilgan J.R. Telegram orqali jabrlanuvçi ayol bilan tanişib, uning ayollar kiyim-keçaklarini sotib berişga kelişib, oldindan 4 mln 570 söm pullarini bank kartasiga ötkazdirib olib, söng yozişmalarni öçirib yuborgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “g” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, J.R.ning sodir etilib, foş qilinmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş maqsadida tergov tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “g” bandlaridagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.