11:40 / 01.05.2020
7957

Andijonda fuqarolarni bir necha ming dollarga aldab ketgan ayollarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar 37 yoshli M.I. (ayol) va 45 yoshli Z.K. (ayol) o‘zaro jinoiy til biriktirgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ular bir guruh bo‘lib, 3 nafar fuqaroga Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan Uz Auto Motors AJga ishga kiritib qo‘yishlarini va'da qilib, ishonchga kirib, jami 6 450 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olishib, o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top