Asakadagi UzAuto Motors zavodi 17 iyuldan töliq quvvatda işga tuşadi. Bu haqda «Özavtosanoat» matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Avvalroq, Asakadagi zavodda işlab çiqariş liniyalari işi vaqtinça töxtatilgani xabar qilingandi. Bu Janubiy Koreya va boşqa mamlakatlardan jalb etilgan 170 nafar mutaxassis bilan hamkorlikda zavodning işlab çiqariş liniyalarini modernizatsiya qiliş reja qilingani bilan izohlangandi.
«Uşbu modernizatsiya Chevrolet Cobalt avtomobillarining yillik işlab çiqariş hajmini qöşimça 30 ming donaga oşiriş imkonini beradi», deyilgandi UzAuto Motors xabarida.
Eslatib ötamiz, 2022 yilning dekabr oyi boşida budjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Gentra uçun şartnoma tuziş töxtatilgandi. «Özavtosanoat» matbuot xizmatining izoh berişiça, bu modellarga şartnoma beriş qaçon boşlanişi haligaça noaniq bölib qolmoqda.













